18/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Yozyovon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 329 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 248 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 117 ta

Sanoatda – 209 ta

Qurilishda -88 ta

Savdoda – 527 ta

Tashish va saqlashda – 27 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 40 ta

Axborot va aloqa – 6 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 39 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 276 taga to‘g‘ri keldi.