Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyatidan xorijga jami 642,8 ming AQSH dollari qiymatidagi kofe, choy, kakao, ziravorlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkicha o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 94,1 % ni tashkil etgan.