Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga So‘x tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 100 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 82 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 130 ta
Sanoatda –190 ta
Qurilishda - 68 ta
Savdoda – 397 ta
Tashish va saqlashda – 30 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 26 ta
Axborot va aloqa – 11 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 34 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 214 taga to‘g‘ri keldi.