Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Farg‘ona t (1 792,3 mlrd so‘m), Beshariq (1 548,0 mlrd so‘m), Oltiariq (1 474,1 mlrd so‘m), Rishton (1 425,1 mlrd so‘m), Quva (1 411,6 mlrd so‘m) va Bag‘dod (1 356,5 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Qo‘qon sh (174,5 mlrd so‘m), Marg‘ilon sh (270,8 mlrd so‘m) va So‘x tumanini (374,0 mlrd so‘m) keltirib o‘tish mumkin.