24/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 308,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 118,4 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 0,6 % ga ko‘payib, 15,6 % ni tashkil etdi.Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,0 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 115,6 % ni tashkil etgan holda 4599,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 29,4 % ni yoki 2 455,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.