24/07/2025

Joriy yilning 22-iyul kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi D. Ortiqov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Qo‘qon shahriga qarashli “Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi M.Mahmudovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respondentga tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.