Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Farg‘ona viloyatida so‘nggi besh yildagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi deyarli 2,9 barobarga ko‘paydi, ayniqsa joriy davrda o‘tgan yilga nisbatan 4,4 trln so‘mga ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirildi. Hisobot davrida o‘sish sur’atlarini ko‘radigan bo‘lsak, ular o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2025-yil yanvar-iyun oylarida eng yuqori o‘sish sur’ati 133,9 %ni tashkil qildi. Iqtisodiyaot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15,3 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi va bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 133,9 % ni tashkil etdi.