Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan hajm 686,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 121,0 % ni tashkil etdi. Ularning jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmidagi ulushi esa 4,5 % ga yetdi.