30/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 771tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 323 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 36 ta

Sanoatda – 685 ta

Qurilishda - 187 ta

Savdoda – 1 414 ta

Tashish va saqlashda – 140 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 178 ta

Axborot va aloqa – 69 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 154 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 908 taga to‘g‘ri keldi.