2025- yil 1- iyul holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 921 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 5 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 916 tani tashkil qildi. Hisobot davrida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 9 873,5 mlrd so‘mga yetdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan 10,3 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 94,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.