O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-421-son qaroriga asosan vazirlik va idoralarda sport tadbirlarini keng doirada o‘tkazish hamda mehnat jamoalarining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida mamlakatimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazilmoqda. Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan mehnat jamoalari ham mazkur olimpiadada faol qatnashib kelmoqda. Xususan, joriy yilning 31-iyul kuni Quvasoy shahrida shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqada Quvasoy shahar statistika bo‘limi xodimlari E.Rahmonov hamda N.Niyozovlar faol qatnashdilar.