2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 230,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 107,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan meva va rezavorlar umumiy hajmining eng yuqori ulushi Quvasoy (14,8 %) shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Rishton (10,9 %), O‘zbekiston (10,7 %), Beshariq (10,4 %), Quva (8,1 %) tumanlarida qayd etildi.