Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha yirik shoxli qoramollar bosh soni 1 107,9 mingtani tashkil etdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 102,1 % ga yetdi. Yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, 8,1 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 91,0 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 0,9 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim.