Joriy yilning 5-avgust kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi boshlig‘I J.Xasanov tomonidan Farg‘ona tumanidagi “Tinchlik” va “Marg‘ilon” MFYda istiqomat qiluvchi A.Xojimatov va A.Mirmarovlar xonadonlarida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati.