Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar- iyun holatiga qayd etilgan nikohlar soni 9,8 ming birlikni tashkil etdi. Nikohlar soni 2024-yilning mos davriga nisbatan oʻzgarmagan. Nikohdan ajralishlar soni 2,6 ming birlikni tashkil etdi. Ajralishlar soni 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,2 ming birlikka ko‘paygan.