05/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar- iyun holatiga viloyatda tirik tugʻilganlar soni 46,0 ming kishini tashkil etgan.

Shundan:

Oʻgʻil bolalar soni - 23,8 ming kishini (jami tugʻilganlar soniga nisbatan 51,7%)

Qiz bolalar soni - 22,2 ming kishini (48,3%)

Shahar joylarida tug‘ilish - 24,4 ming kishini (53,0%)

Qishloq joylarida tug‘ilish - 21,6 ming kishini (47,0%)


Viloyatda vafot etganlar soni 8,9 ming kishini tashkil etgan.

Shundan:

Erkaklar - 4,9 ming kishini (jami vafot etganlar soniga nisbatan 55,1%)

Ayollar - 4,0 ming kishini (44,9%)

Shahar joylarida vafot etganlar - 4,8 ming kishini (53,9%)

Qishloq joylarida vafot etganlar - 4,1 ming kishini (46,1%) tashkil qilgan.