Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Marg‘ilon shahrining doimiy aholi soni 259 784 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 1,6 % ga o‘sganligini ta’kidlash zarur.
Shundan:
Shahar aholisi – 259 784 kishi
Erkaklar soni – 131 076 kishi
Ayollar soni – 128 708 kishi
Tug‘ilganlar - 2 883 kishi
O‘lganlar – 582 kishi
Nikohdan o‘tganlar – 604 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 190 kishi
Ko‘chib kelganlar – 492 kishi
Ko‘chib ketganlar – 887 kishi miqdorida qayd etildi.