12/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Bag‘dod tumanining doimiy aholi soni 240 451 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,2 % ga o‘sgan.

Shundan:

Shahar aholisi – 122 514 kishi
Qishloq aholisi – 117 937 kishi

Erkaklar soni – 120 175 kishi
Ayollar soni – 120 276 kishi

Tug‘ilganlar - 2 871 kishi
O‘lganlar – 439 kishi

Nikohdan o‘tganlar – 591 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 135 kishi

Ko‘chib kelganlar – 74 kishi
Ko‘chib ketganlar – 258 kishi miqdorida qayd etildi.