12/08/2025

Joriy yilning 11-avgust kuni Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Mirzaakbarov tomonidan Buvayda tumanidagi “Dotxo” MFYda istiqovat qiluvchi V.Hamdamov xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.