12/08/2025

Joriy yilning 12-avgust kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sheraliyeva tomonidan Marg‘ilon shahridagi “Go‘riavval” MFY, Shifokor ko‘chasi 14- uyda istiqomat qiluvchi Sh. Qunduzovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.

 


Axborot xizmati.