12/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Beshariq tumanining doimiy aholi soni 248 782 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 1,8 % ga o‘sganligini ta’kidlash zarur.

Shundan:

Shahar aholisi – 86 876 kishi
Qishloq aholisi – 161 906 kishi

Erkaklar soni – 126 213 kishi
Ayollar soni – 122 569 kishi

Tug‘ilganlar - 2 289 kishi
O‘lganlar – 482 kishi

Nikohdan o‘tganlar – 564 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 113 kishi

Ko‘chib kelganlar – 132 kishi
Ko‘chib ketganlar – 380 kishi miqdorida qayd etildi.