14/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Quva tumanining doimiy aholi soni 282 852 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 1,8 % ga o‘sganligini ta’kidlash zarur.

Shundan:

Shahar aholisi – 130 708 kishi
Qishloq aholisi – 152 144 kishi

Erkaklar soni – 143 317 kishi
Ayollar soni – 139 535 kishi

Tug‘ilganlar - 2 937 kishi
O‘lganlar – 632 kishi

Nikohdan o‘tganlar – 653 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 145 kishi

Ko‘chib kelganlar – 210 kishi
Ko‘chib ketganlar – 383 kishi miqdorida qayd etildi.