14/08/2025

Joriy yilning 13-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev, Narx statistikasi bo‘limi bopshlig‘I G.Gafurova hamda Farg‘ona tumani statistika bo‘limi boshlig‘i J.Xasanovlar ishtirokida Farg‘ona tumanining belgilangan dislokatsion nuqtalarda 5-narx o‘rtacha xaftalik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.