Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylari holatiga tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya (41,7 %), Qirg‘iz Respublikasi (8,5 %),Turkiya (8,3 %), Afg‘oniston (7,1 %), BAA (6,2 %), Qozog‘iston (6,0 %), Litva (4,1 %), Latviya (4,0 %), Tojikiston (2,6 %) va XXR (1,9 %) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 90,4 % ni tashkil etdi.