Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, xizmatlar eksporti hajmi 6,4 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 1,6 % ini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 16,6 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (37,5 %), safarlar (turizm) (21,9 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (21,9 %) va moliyaviy xizmatlar (18,7 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.