15/08/2025

2025- yilning yanvar-iyun oylarida import hajmi 715,1 mln AQSH dollariga yetdi va 2024- yilning mos davriga nisbatan 39,0 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,1 %), mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallar (22,1 %) va sanoat tovarlari (23,0 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200,8 mln AQSH dollariga ko'paydi va 714,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,9 mln AQSH dollariga yetdi.