Agrar sohani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlari hisobini to‘g‘ri yuritish va shaffiof to‘ldirish maqsadida joylarda viloyat statistika boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi va atrof-mahit statistikasi bo‘limi tomonidan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Xususan, ana shunday o‘quv seminari joriy yilning 12- avgust kuni Quva tumanida faoliyat olib borayotgan buxgalteriya hisobi markazlari hamda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qishloq xo‘jaligi va atrof-mahit statistikasi bo‘limi boshlig‘I A.Akbarov hamda mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi Ya. Esonmirzayevlar qatnashdilar.