15/08/2025

Joriy yilning 14-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan Beshariq tumanidagi “Rapqon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sattorovalar xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Mazkur kuzatuv aholining turmush darajasi, iste’mol xarajatlari, moddiy ta’minlanganlik holatini aniqlash hamda ijtimoiy sohalardagi real holatni baholashga xizmat qiladi. Bunday kuzatuvlar natijasida shakllantiriladigan statistik ma’lumotlar davlat siyosatini belgilash va aholining farovonligini oshirish yo‘lida muhim manba hisoblanadi. Olingan barcha ma’lumotlar planshet qurilmasi orqali elektron bazaga kiritildi.