Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.
Bugun Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida taqdim etilayotgan ma’lumotlar davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.