Joriy yilning 18- avgust kuni Beshariq tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi U. Temirov tomonidan tumanda kalit tayyorlash, telefon ustaxonasi, kompyuter xizmatlari va boshqa bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.