18/08/2025

Joriy yilning 18-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buvayda tumaniga qarashli “Qo‘rg‘oncha” MFYda istiqomat qiluvchi M. Turdiyevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.