Joriy yilning 18- avgust kuni Quva tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M. Olimov tomonidan tumanda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.