2025- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlikning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligidagi hajmi 19 114,2 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 95,6% ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 104,9 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi:
Marg‘ilon shahar - 99,8 %
Rishton tumani - 99,2 %
Qo‘shtepa tumani - 99,0 % ga to‘g‘ri keldi.