Avval xabar berganimizdek mamlakatimizning barcha hududlarida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlarii o‘tkazildi. Xususan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi R. Abduraymov tomonidan Rishton tumanidagi “Miskin” hamda “Uchariq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati.