Joriy yilning 19- avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Quvasoy shahar va Quva tumanida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 2025-2026 o‘quv yili uchun “1-umumta’lim” statistik hisobotini to‘ldirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Kadirovalar qatnashdilar. Seminar davomida taqdim etiladigan “1-umumta’lim” statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish tartibi, yangi hisobot shakllaridagi o‘zgarishlar va E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali yuborish talablari, hisobotni tayyorlashda uchraydigan xatoliklar va ularni oldini olish choralari, satrlarini sifatli va haqqoniy to‘ldirish, hisibotlarni qabul qilish jarayonlarida korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.