21/08/2025

Joriy yilning 20-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan Bag‘dod tumanidagi “Qirqvolida” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi X.Madaminovlar xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi so‘rovnomasi o‘tkazildi.
Mazkur kuzatuv aholining turmush darajasi, iste’mol xarajatlari, moddiy ta’minlanganlik holatini aniqlash hamda ijtimoiy sohalardagi real holatni baholashga xizmat qiladi. Olingan barcha ma’lumotlar planshet qurilmasi orqali elektron bazaga kiritildi.
Bunday kuzatuvlar natijasida shakllantiriladigan statistik ma’lumotlar davlat siyosatini belgilash va aholining farovonligini oshirish yo‘lida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.