Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 19,7 mln AQSH dollari qiymatidagi 20,9 ming tonna shaftoli eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 11,5 ming tonnaga ko‘pdir.