Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 20- avgust kuni boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. To‘xtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Oltiariq tumaniga qarashli “Shodlik” mahalla fuqarilar yig‘inida istiqomat qiluvchi K. Hoshimovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuncha berildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.