21/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Furqat tumanining doimiy aholi soni 131 018 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,1 % ga o‘sganligini ta’kidlash zarur.

Shundan:

Shahar aholisi – 31 520 kishi
Qishloq aholisi – 99 498 kishi

Erkaklar soni – 66 448 kishi
Ayollar soni – 64 570 kishi

Tug‘ilganlar - 1 543 kishi
O‘lganlar – 258 kishi

Nikohdan o‘tganlar – 274 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 81 kishi

Ko‘chib kelganlar – 207 kishi
Ko‘chib ketganlar – 228 kishi miqdorida qayd etildi.