25/08/2025

Farg‘ona viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining media-rejasiga asosan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi barcha OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarni 2025- yil 26-avgust kuni soat 8:30 da Narx statistika bo‘limi tomonidan Farg‘ona shahrida o‘tkaziladigan narx kuzatuvlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Press-turga taklif etadi.