25/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Yozyovon tumanining doimiy aholi soni 123 144 ta kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 1,9 % ga o‘sganligini ta’kidlash zarur.

Shundan:

Shahar aholisi – 73 213 kishi
Qishloq aholisi – 49 931 kishi

Erkaklar soni – 62 713 kishi
Ayollar soni – 60 431 kishi

Tug‘ilganlar - 1 300 kishi
O‘lganlar – 259 kishi

Nikohdan o‘tganlar – 255 kishi
Nikohdan ajrashganlar – 69 kishi

Ko‘chib kelganlar – 86 kishi
Ko‘chib ketganlar – 125 kishi miqdorida qayd etildi.