25/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Toshloq tumani va Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 2025-2026 o‘quv yili uchun “1-umumta’lim” statistik hisobotini to‘ldirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminar davomida taqdim etiladigan statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish tartibi, yangi hisobot shakllaridagi o‘zgarishlar va hisobotni avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali yuborish tartiblari, hisobotni tayyorlashda uchraydigan xatoliklarni oldini olish choralari, hisibotlarni qabul qilish jarayonlarida korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.