Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 1,9 mln AQSH dollari qiymatidagi 9,4 ming tonna sabzi eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 3,2 ming tonnaga kamdir.