25/08/2025

2025- yil 1- avgust holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 37,2 mingtani tashkil etadi. 2024 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 97,0 foiz miqdorida qayd etilgan.

Shundan:

Kichik korxona va mikrofirmalar - 30,6 mingta yoki 82,4 foizi tashkil etgan. 2024 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati kichik biznes va mikrofirmalarda – 96,0 foizni tashkil etdi.