26/08/2025

Yurtimizda asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ezgu qadriyatlardan biri – hashardir. U aholi o‘rtasida birdamlik, hamjihatlik va o‘zaro saxovat ruhini yanada mustahkamlaydi. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bejiz aytilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34- yilligini munosib kutib olish maqsadida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Xayriya hashari viloyatimizning barcha mahallalarida, korxona, tashkilot va muassasalarida uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazimoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham mazkur tadbirda faol qatnashmoqdalar.

Xayriya hashari davom etmoqda.