26/08/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Narx statistikasi bo‘limi tomonidan joylarda aholi turmush darajasini, iste’mol bozoridagi holatni hamda inflyatsiya jarayonlarini muntazam monitoring qilish, narx dinamikasini aniqlash hamda оchiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida narxlarning o‘rtacha haftalik tanlanma kuzatuvini amalga oshiradi.  Joriy yilning 26- avgust kuni viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media-tadbirlar rejasiga asosan viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida Farg‘ona shahridagi dehqon bozorida 5- narx o‘rtacha haftalik tanlanma kuzatuvi bilan yaqindan tanishish maqsadida Press-tur tashkil etildi. Tadbirda Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i G.Gafurova tadbirni ochib,  5- narx o‘rtacha haftalik tanlanma kuzatuvining maqsadi va mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, u kuzatuv orqali mamlakatning turli hududlaridagi asosiy iste’mol tovarlari narxlari o‘rganilishi, aholi tomonidan eng ko‘p ist’emol qilinadigan 9 turdagi  mol go‘shti (suyakli), qo‘y go‘shti, tuxum 10 donasi, piyoz, sabzi, kartoshka, guruch, kungaboqar yog‘i, 1 litr, shakar kabi  mahsulotlar narxlari o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar narxlarning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish, bozordagi barqarorlikni baholash va iqtisodiy siyosatda samarali qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etishi, kuzatuv jarayonida tanlangan savdo nuqtalarida narxlar o‘rganilib, natijalar statistika boshqarmasining rasmiy veb sayti hamda ochiq ma’lumotlar portallarida e’lon qilib borililishi, kuzatuv davriyligi va yig‘ish usuli har haftada belgilangan kunlarda narxlar o‘rganilishi,  narxlarni hududiy statistika bo‘limi narx registartorlari tomonidan amalga oshirilishi, narxlar haqiqiy savdo narxlari asosida o‘rganilishi haqida so‘z yuritdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

 


                                                                                                                        

Axborot xizmati.