Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 8,2 mln AQSH dollari qiymatidagi 26,4 ming tonna piyoz eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 19,9 ming tonnaga ko‘pdir.