Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- milliy statistika tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish;
- milliy statistika tizimining infratuzilmasini takomillashtirish;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.
(Manba - "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonunining 7-moddasi)