Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 353 ta sanoat korxonalari tomonidan 832,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2024- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,5 % ni tashkil etgan.