Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 8,3 mln AQSH dollari qiymatidagi 13,5 ming tonna olxo‘ri eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 1,1 ming tonnaga ko‘pdir.